“ArMI-2021” Xalqaro armiya oʻyinlarining “Dala oshxonasi” tanlovida ishtirok etgan Oʻzbekiston jamoasi Rossiya, Belarus, Vyetnam, Tojikiston kabi davlat jamoalarini ortda qoldirib, umumiy jamoa hisobiga yana bir “Oltin medal”ni olib keldilar.

Bugungi kun holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoalari umumiy hisobda 4 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bular:

  1. “Sodiq doʻst” musobaqasining erkaklar jamoasi;
  2. “Sodiq doʻst” musobaqasining ayollar jamoasi;
  3. “Harbiy-tibbiy estafeta” musobaqasi jamoasi;
  4. “Dala oshxonasi” musobaqasi jamoasi.

Musobaqalar davom etmoqda, bugungi kunga qadar qoʻlga kiritilgan “Oltin medal”lar mamlakatimiz Mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonasiga sovgʻa boʻldi. Qolgan jamoalarimizdan ham yuqori natijalar kutib qolamiz.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti