Arnold Shvarseneggerning qizi Ketrin farzandli boʻldi, deb xabar beradi Tengrinews.kzDailymail nashriga tayanib.

Terminatorning nabirali boʻlgani haqida uning kuyovi, Gollivud aktyori Kris Pratt oʻzining Instagramdagi sahifasida xabar bergan.

“Biz katta hayajon bilan qizimiz Layli Marii Shvarsenegger Pratt tugʻilganini eʼlon qilishdan juda xursandmiz. Biz juda baxtlimiz. Ona va bola oʻzini juda yaxshi his qilmoqda. Muhabbat bilan Ketrin va Kris”, deb yozdi Pratt.

Shvarseneggerning katta qizi Ketrin 2019-yilda “Galaktika qoʻriqchilari” filmining yulduziga turmushga chiqqandi.Farzand tugʻilishidan biroz oldin, Shvarsenegger bolalarni juda yaxshi koʻrishini va birinchi nabirasining tugʻilishini kutayotganini eʼlon qilgandi.