Mutaxassislarning fikriga koʻra, ushbu disk natijalarni qayd etish uchun tablo vazifasini oʻtagan.
Arxeologlar Chichen-Isa shahrida (Yukotan yarim orolining shimolida) olib borilgan qazishmalar davomida qimmatbaho topilma topishdi. Mutaxassislarning fikricha, ogʻirligi 40 kilogramm boʻlgan yumaloq toshning yoshi taxminan 1200-yil boʻlishi mumkin. Mayya yozuviga ixtisoslashgan olimlar hozirda topilgan toshga oʻyilgan yozuvning maʼno-mazmunini ochishga harakat qilmoqda. Bu orqali ular mayyalarning hayoti va madaniyati haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlarga ega boʻladi.
Tlachtli dunyodagi eng qadimgi jamoaviy sport turlaridan biri hisoblangan. Uni atsteklar, mayyalar va inklar oʻynagan. Taxminlarga koʻra, XVI asrda Markaziy Amerika ispan konkistadorlari tomonidan bosib olingandan soʻng, oʻyin yoʻqolib ketgan.
Mutaxassislarning fikricha, tlachtli beysbol va futbol xususiyatlarini birlashtirgan sport turi hisoblangan. Oʻyin maydonining oʻlchami 8 metrga 30 metrga teng boʻlgan. Qoidalarga koʻra, har bir jamoada ikkitadan beshtagacha oʻyinchi ishtirok etishi mumkin edi. Ular toʻpni tananing istalgan qismi bilan devorga vertikal ravishda biriktirilgan tosh halqaga irgʻitilari kerak edi. Toʻp juda ogʻir boʻlganligi sababli, futbolchilar himoya dubulgʻasi, shuningdek, son va tizza uchun maxsus yostiqchalar kiyib olishgan, deyiladi mir24.tv saytida.