Enn nomini olgan yangi namuna Sarmientosaurus musacchioi turiga juda oʻxshashligini koʻrsatadi. Bu konus shaklidagi juda kichik tishlarga ham taalluqli. Shuningdek, arxeologlar bosh suyagi va boshning orqa qismidagi suyaklarning tuzilishida ham oʻxshashlikni topishdi.
“Mazkur bosh suyagi qariyb 100 million yil avval Avstraliyaning shimoli-sharqida yashagan bu ulkan zavropodning anatomiyasi haqida kamdan-kam uchraydigan maʼlumotlarni taqdim etadi. Bizning tadqiqotimiz shuni koʻrsatadiki, Diamantinasaurus eng “oddiy” titanozavrlardan biri boʻlgan. Bu turni yaxshiroq oʻrganish orqali titannozavrlar nima uchun dinozavrlar davrining oxirigacha butun dunyoga tarqalgani, ular bunga qanday erishganini tushunish imkonini beradi”, dedi doktor Stiven Poropat.
Arxeologlar bosh suyagi boʻlaklarini kompyuter tomografiyasini oʻtkazdi. Bosh suyagining umumiy oʻlchami taxminan 50 santimetr, deyiladi korrespondent.net saytida.