Qayd etilishicha, Komenskiy muzeyi mutaxassislari uylardan birining yerto‘lasida ish olib borayotganida, kutilmaganda bir qismi yerdan chiqib turgan suyakni payqashgan. Mutaxassislar xuddi shu joydan topilgan qadimiy sopol buyumlar asosida artefakt 10-asrning ikkinchi yarmi yoki XI asrning birinchi choragiga tegishli degan xulosaga kelgan.
Olimlar maʼlum qilishicha, topilmaga ko‘ra Perovning bu hududi o‘sha paytda Moraviyani bosib olgan Polsha qiroli Boleslav Jasur uchun qalʼa bo‘lib xizmat qilgan va uning qo‘shinlari bu joyda joylashgan.
Tadqiqotchilarning fikricha, artefakt ot suyagidan tayyorlangan. Topilma qadimda bir yoki ikkita tayoq yordamida muzli yuzalar bo'ylab harakatlanish uchun foydalanilgan.