Asad Toshtemirov - Paralimpiya oʻyinlari chempioni!

    Sport 1 Sentabr 2024 212

    Para taekvondo boʻyicha erkaklar oʻrtasida -80 kg vazn toifasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan Asad Toshtemirov ishtirokidagi final janggi yakunlandi.

    U hal qiluvchi bahsda meksikalik Luis Mario Najeraga qarshi dayanga chiqdi. U raqibini 38:17 hisobida magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.

    Asad Toshtemirovning yutugʻi delagatsiyamiz hisobiga toʻrtinchi oltin medalni olib keldi!