Uyani qoʻriqlovchi arilar ularga qarshilik koʻrsatadi va kurash boshlanadi. Bu paytda uyaning oldida oʻlgan arilarni uchratish mumkin.

Oʻgʻri arilarning soni uyani qoʻriqlovchi arilar sonidan koʻp boʻlsa ular bosib uya ichiga kiradi va ona arini ham oʻldiradi. Shundan soʻng bemalol oʻgʻirlik qilaveradi. Oʻgʻirlikning oldi olinmasa, arixonada juda koʻp ari oilalari oʻlib ketishi mumkin.

Oʻgʻirlikning oldini olish uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:

1. Arixonada kuchsiz va ona arisi yoʻq oilaning ichidagi mumkatak ramkalar sonini arilar toʻliq qoplab turadigan boʻlguncha kamaytiriladi. Uyaning ari kiradigan teshiklarining diametri 1-1,5 sm gacha toraytiriladi.

2. Hamma oilalarning ari kiradigan teshiklari tabiatda sharbat yoʻq paytda kichraytirib quyiladi. Agarda uyalarda qoʻshimcha teshikchalar boʻlsa, ular butunlay loy yoki boshqa biror narsa bilan suvab quyiladi.

3. Tabiatda sharbat yoʻq paytda oilalarni faqat arilar ertalab va kechqurun tekshiriladi. Kunduz kunlari esa bu ishlar maxsus koʻchma chodir ostida bajariladi.

4. Arixonada ishlayotganingizda uya atrofida, uyaning tashqi tomonida asal tomgan joy boʻlmasligi kerak. Shunday joy boʻlsa, darhol tuproq: sepiladi yoki kerosinli lapa bilan artib tozalanadi.

5. Jamgʻarilgan ortiqcha mumkatak inchali ramkalar, kesilgan mumlar hamda asal hidi keladigan asboblar yopiq, arilar kira olmaydigan xonalarda
yoki biror idish ichida saqlanadi.

Oʻgʻirlik qilinayotgani sezilsa, asalari uyalari teshikchasi oldidagi taxtachaga kerosin yoki vyetnam balzami surtiladi. Kerosin tez qurib qolishi sababli uni tez-tez surtib turish lozim. Havoda uya atrofida uralashib uchayotgan oʻgʻpi arilarni esa suv puflagich yordamida suv sepib yoki supurgi bilan haydab ketkaziladi.

Shunday qilib oʻgʻirlikning oldi bir oz olinadi. Kech kirgandan keyin esa oʻgʻirlayotgan oila yertoʻlaga 2-3 kunga olib borib qoʻyiladi. Yertulaga koʻchirilgan oilaning ichiga idishda yoki mumkatak inchalariga suv qoʻyib quyiladi. Oʻgʻirlik faqat tabiatdan sharbat kela boshlasa yoki tusatdan havo sovib, yomgʻir yogʻishi natijasida toʻxtashi mumkin.