Asila Mirzayorova delegatsiyamizga ilk oltin medalni taqdim etdi

    Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida 28-yillik Paralimpiada rekordini yangilagan Asila Mirzayorova ilk oltin medalini qoʻlga kiritdi.

    Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida T11 klassida uzunlikka sakrash dasturida ishtirok etgan yurtdoshimiz 5.24 metr qayd etib, eng yuqori natijani koʻrsatdi.

    Eng ahamiyatlisi shuki, ushbu koʻrsatkich yangi Paralimpiya oʻyinlari rekordi sifatida belgilandi.

    Shu tariqa, delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronzaga yetdi.