Asila Mirzayorova Paralimpiya oʻyinlari rekordini oʻrnatdi

    Sport 30 Avgust 2024 153

    Para yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bahsida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Asila Mirzayorova Paralimpiya oʻyinlari rekordini oʻrnatdi.

    U dastlabki urinishidayoq 5,22 metr natija qayd etdi.

    Ushbu yoʻnalishda avvalgi Paralimpiya oʻyinlari rekordi 1996-yil Atlantada oʻtkazilgan oʻyinlarda oʻrnatilgan. 28-yil avvalgi rekord ispaniyalik Ortiz Ochistkaga tegishli edi — 5,07 m.