Qayd etilishicha, Fuqarolik ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudining 12.07.2023-yildagi ijro varaqasiga asosan Kazakova Irina Mixaylovnani Yakkasaroy tumanidagi 162-sonli maktab direktori lavozimiga ishga tiklash toʻgʻrisidagi ijro hujjati yuzasidan Byuroning Mirzo Ulugʻbek tuman boʻlimi davlat ijrochisi Sh.Isroilovning olib borgan ijro harakatlari natijasida Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻining 07.08.2023-yildagi 300-sonli buyrugʻi bilan I.M.Kazakova avvalgi lavozimiga ishga tiklanishiga erishildi.
Shu bilan birga I.M.Kazakovaning haq-huquqlari tiklanib, boʻlim ish yurituvidagi ijro xujjati amalda tamomlanishi taʼminlandi.