1991 yilning 31 avgusti biz uchun ana shunday tarixiy burilish pallasi bo‘lib qoldi. Zero, xalqimiz ayni shu kuni o‘z mustaqilligi, istiqlolini qo‘lga kiritdi, millat sifatida qayta tug‘ildi.
Yangi
O‘zbekistonда kechayotgan islohotlar esa inson qadrini tikladi, odamlarga chinakam
hurlikni qaytarib berdi. Shu ma’noda, mustaqillik qalbimizda,
ong-shuurimizda, taqdirimizda chuqur ildiz otaveradi, uning solnomasi O‘zbekiston
nomi bilan atalayotgan g‘alabalar, jahon e’tiboriga tushgan yutuqlarimiz bilan
boyib boraveradi. Bu yillarning har kuni, har lahzasi ma’no-mohiyatiga ko‘ra,
“umr daftarini shoh satrlar bilan bezash” va bu bezakdan dunyoni hayratga solish
davri bo‘lyapti.
Ayniqsa, so‘nggi yillarda Prezidentimiz boshchiligida barcha
sohadagi keng ko‘lamli va izchil islohotlar ona Vatanimiz mustaqilligini
mustahkamlash, xalqimiz hayotini yanada obod va farovon qilish, odamlarning
davlatdan rozi bo‘lib yashashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlarga
yangicha mazmun baxsh etdi. Natijada yurtdoshlarimiz turmush tarzi, hayoti butunlay
o‘zgardi, yurtimiz yangicha qiyofa kasb etib borayotir.
Bu yil O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinganiga 35 yil to‘ldi.
Shu munosabat bilan joriy yil 2 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligini keng nishonlashga
tayyorгарлик ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat bilan
istiqlolimizning shonli sanasini yuksak saviyada o‘tkazish, ushbu ulug‘ bayramni munosib
nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish hamda yurtimiz mustaqilligining ulkan siyosiy, tarixiy
va ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini inobatga olib, mazkur ayyomni umumxalq bayrami sifatida
keng nishonlash, shuningdek, qator yo‘nalishlar bo‘yicha “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib,
yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy,
ma’naviy-ma’rifiy hamda targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan zarur vazifalar
belgilandi.
Umumiy maqsad va orzularimizni mujassam
etgan ushbu vazifalar ijrosi xalqimiz o‘rtasidagi birlik va hamjihatlikni mustahkamlash,
ayniqsa, yoshlar orasida milliy ruhni kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston
Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlash tarixiy bir voqea
emas, balki kelajagimiz uchun muhim yo‘l xaritasini belgilashdir.
Hayotimizdagi ijobiy o‘zgarishlar jamiyatning har bir a’zosi uchun, u qaysi sohada
mehnat qilmasin, hayotda, ijtimoiy yoki ijodiy faoliyatda o‘zini to‘la namoyon etish, yangilangan
Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklaridan to‘la foydalanish imkoniyatini
berdi. Islohotlar shabadasi, eng avvalo, huquq bo‘lib ong-shuurimizga singdi. Natijasini
bugun odamlarning dunyoqarashi, fikri-zikri, turmush tarzida ko‘rish mumkin. Har bir
yurtdoshimizda harakat, intilish, yaratish ishtiyoqi bor. Bugungidan-da farovon hayot,
yorug‘ kelajakka ishonch mustahkam.
Keyingi yillarda boshlangan qurilishlar, deyarli qayta qurilgan shaharlarimiz,
qishloqlarimizning zamonaviy ko‘rinishi, yo‘lsozlik, ko‘priksozlik, shaharsozlik ilmi,
tadbirkorlik va ishbilarmonlikning benihoya rivojlanishi, ilm-fan, madaniyat va san’at,
sport va boshqa sohalarda erishilayotgan yutuqlar, yosh avlodning zafarları, millatlararo
ahil-inoqlik, bag‘rikenglik, hech shubhasiz, istiqlol sharofati.
Islohotlar jarayonida “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga
xizmat qilishi kerak” tamoyilini joriy etishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Bu ham
bejiz emas. Chunki mamlakatimizda davlat va hokimiyat idoralari uzoq vaqt davomida
xalq hayotidan uzilib qolgandi. Binobarin, davlat va uning organlari, avvalo, xalqka
xizmat qilishi kerak. Bunday davlat va jamiyatning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy
va ma’naviy-ma’rifiy ildizlari mustahkam va baquvvat bo‘ladi. Shu sababli xalqning
o‘girini yengil qilish, muammolarini vaqtida va samarali yechish, hayot darajasi va sifatini
yaxshilash barcha islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi.
Davlat organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralik tobora kengayib bormoqda.
Vazir va hokimlar, barcha bo‘g‘indagi mansabdor shaxslar fuqarolar bilan yuzma-yuz uchrashib,
ularning dardu tashvishlari bilan qog‘ozda emas, amalda jiddiy shug‘ullanmoqda. Majburiy
mehnat, xususan, bolalar mehnati, ishsizlik, kambag‘allik, korrupsiya, aholini uy-joy
bilan ta’minlash, ta’lim va tibbiyot bilan bog‘liq muammolar ochiq tan olinib, birin-ketin
bartaraf etilyapti. Natijada odamlarda adolatga, haqiqatga ishonch paydo bo‘ldi. Turli
darajadagi rahbar va mansabdorlarning faoliyatiga OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali
xolisona baho berilmoqda. Asosiyси, odamlar, jamiyat uyg‘ondi.
2016 yil sentyabrda Bosh vazir virtual qabuxonasining tashkil qilinishi xalq
va davlat o‘rtasidagi to‘siqlarni olib tashlash imkonini berdi. Odamlarning dardi to‘g‘ridan
to‘g‘ri Prezidentga yetib boradigan bo‘ldi. Natijada real hayot, haqiqiy muammolar boricha
namoyon bo‘ldi!
Bunday yondashuv, boshqaruvning xalqona tutumi, o‘z navbatida, jamiyat rivoji
uchun aniq choralar ishlab chiqishga xizmat qildi. Xalq va davlat o‘rtasidagi aloqalar
mustahkamlandi, haqiqiy demokratiya tamoyillari amalda ishlay boshladi.
Hozir ko‘pchilik salkam o‘n yil avvalgi o‘sha holatlarni esdan chiqargan bo‘lishi
mumkin. Jamiyatimizdagi bugungi ochiqlik muhitini har doim ham sezavermaymiz, balki
oldingi davr bilan taqqoslagandagina anglay olamiz.
Bugun islohotlar samarasi haqida gap ketganda, “Inson qadri” tamoyili asosidagi
katta yutuqlarimiz bilan bir qatorda soliq tizimidagi yangilanishlar, valyuta bozorining
erkinlashtirilishi, naqd pul bilan bog‘liq muammolarning bartaraf etilishi, bank-moliya
sohasidagi o‘zgarishlar, xalqaro moliya operatsiyalarining jahon andozalari asosida
amalga oshirilishi, turizm rivojlanishi kabi ko‘plab misollarni ishonch bilan tilga olish
mumkin.
Iqtisodiy yo‘nalishdagi yangilanishlarga nazar solar ekanmiz, avvalo, valyuta
bozori liberallashtirilganini alohida qayd etish o‘rinli. Chunki uzoq vaqtdan buyon valyutaning
erkin konvertatsiyasi bo‘lmagandi. Hozir korxonalar import operatsiyalarini amalga oshirish
uchun bemalol valyuta xarid qilish imkoniga ega.
Buni muhim deyishimizning sababi shuki, iqtisodiyotning eski modeli butunlay
konvertatsiyaning yo‘qligiga bog‘langan, konvertatsiya tizimi eng korrupsiyalashgan soha
edi. Bu eski modelning o‘zagi edi. Mana shu asos olib tashlangach, eski andoza o‘z-o‘zidan
qulay boshladi, yangi islohotlarga yo‘l ochildi.
Iqtisodiyot sohasidagi birinchi o‘zgarish valyutaning liberallashuvi bo‘lsa, ikkinchi
eng muhim yangilik pul muomalasidagi islohotlardir. Natijada chet el investorları
O‘zbekistonga kela boshladi. Ushbu islohotlar bilan bir qatorda tashqi iqtisodiy faoliyat
erkinligi ta’minlanib, biznes uchun ma’muriy to‘siqlar olib tashlandi.
Erkin konvertatsiya, avvalo, xalqaro savdo munosabatlarining to‘laqonli a’zosi
bo‘lish uchun kerak. Zero, faqat shu orqali xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etib,
undan kelib chiqadigan foyda va imtiyozlarga ega bo‘lish mumkin.
Taraqqiyot strategiyasidagi inson qadrini yuksaltirish, xalqparvar davlat barpo
etishga oid ustuvor maqsad va vazifalar ijrosini ta’minlash davlat organlari faoliyati
samaradorligini yanada oshirishni taqozo etdi. Prezidentimizning 2022 yil 21 dekabrdagi
“Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
farmoni ushbu muammolarga o‘ziga xos huquqiy yechim bo‘ldi deyish mumkin. Xususan, mazkur
hujjatga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan boshlab mustaqil faoliyat yurituvchi respublika
ijro etuvchi hokimiyat organlari soni 61 tadan 28 tagacha, jumladan, vazirliklar soni
25 tadan 21 taga qisqartirildi. Natijada 1,5 trillion so‘mdan ortiq byudjet mablag‘lari
iqtisod qilinishiga erishildi va shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiга bo‘shagan
mablag‘lar ijtimoiy masalalarni hal etishga yo‘naltirildi.
Ijtimoiy muammolarni hal etishning mutlaqo yangi va o‘ziga xos tizimi yaratildi.
“Yangi O‘zbekiston — ijtimoiy davlat” tamoyili yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizда mustahkamlanganini
alohida e’tirof etish zarur. Bunda kambag‘allikni qisqartirish muhim o‘rin tutadi. O‘zbekistonda
kambag‘allik muammosini hal etish ijtimoiy siyosatda alohida o‘rin egallaydi. Unga
qarshi faol kurash 2020 yilda mamlakatimiz ushbu holatni rasmiy tan olgan paytda boshlangan
edi. O‘shanda aholining uchdan bir qismi kambag‘allik chegarasida yashardi. Kredit, subsidiya,
kompensatsiya kabi 100 dan ziyod xizmatlar orqali ijtimoiy himoyaning mutlaqo yangi tizimi
yo‘lga qo‘yilgani va ular “mahalla yettiligi”ga berilgani natijasida 8,5 milliondan
ziyod odam kambag‘allikdan chiqdi. Boshqacha aytganda, 2025 yil yakunida yurtimizda kambag‘allik
darajasi 5,8 foizga tushdi.
Bunday natijalarga erishishda aholini zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, ularga
munosib ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga
qaratilgan tizimli va uzoqni ko‘zlagan siyosat hal qiluvchi omil bo‘lmoqda. Kambag‘allikni
kamaytirish aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, kasbga tayyorlash va ish o‘rinlarini
ko‘paytirishga qaratilgan kompleks vazifadir.
Ijtimoiy himoya haqida gapirganda, pensionerlar manfaatі kuchli himoyaga olinganini
ham eslash joiz. Hozir aholiniнг qariyb 11 foizi pensiya va nafaqa oladi. Bundan
to‘qqiz yil muqaddam esa pensionerlar 3 million bo‘lgan. So‘nggi vaqtda pensiya va nafaqa
oluvchilar soni yiliga 200-250 ming nafarga o‘sib bormoqda. Ularning soni ortishi
bilan pensiya tizimida ham bir qancha o‘zgartirishlarga ehtiyoj sezildi. 2017 yilgacha
pensionerlarni qiynab kelgan muammolardan biri — ularga pul naqd shaklda berilmayotganida
edi. O‘sha yili 1 fevraldan boshlab mazkur masala yechim topdi — pensiya va nafaqalar
istalgan shaklda, naqd yoki plastik karta orqali berila boshlandi. Shu bilan birga,
2019 yildan boshlab nafaqasi to‘liq saqlab qolingan holda pensionerlarning ishlashiga
ham imkon berildi.
Keyingi yillarda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida so‘z borganda,
birinchi navbatda, xotin-qizlarning o‘qishi, bilim olishi, mehnat qilishi, ularning
sog‘ligini saqlash, iste’dod va qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, onalik va bolalikni
himoya qilish, gender tenglik bo‘yicha qilinayotgan keng ko‘lamli ishlar tilga olinmoqda. Buning
sababi oddiy, albatta. Chunki dunyodagi har qanday xalq, davlat va jamiyatning taraqqiyot
va madaniyat darajasi, avvalo, xotin-qizlarga munosabat bilan belgilanadi. Zero,
xotin-qizlar barcha soha va tarmoqlarda erkaklar bilan teng huquqqa ega, yuksak hurmat-e’tiromda
yashagan mamlakatda, albatta, tinchlik, hamjihatlik, o‘sish va yuksalish bo‘ladi.
Shu bois, jamiyatimiz hayotida faol ishtirok etayotgan, turli sohalarda yuqori natijalarga
erishayotgan, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga munosib hissa qo‘shayotgan opa-singillarimiz
har yili davlatimizning yuksak mukofotlari, shuningdek, “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni
bilan taqdirlanmoqda. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan qizlarning
soni 400 ga yaqinlashgani ham ana shunday ishlar qatoriga kiradi.
Islohotlar tufayli o‘tgan tarixan qisqa davrda yurtimizning Markaziy Osiyo mintaqasi
va jahon miqyosidagi siyosiy o‘rni va nufuzi keskin oshdi. Dunyoda yangi O‘zbekistonga
nisbatan ishonch ruhi va mamlakatimiz bilan hamkorlikka intilish kuchaydi. Birinchi
navbatda, qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarimizda yillar davomida yig‘ilib qolgan
muammolar hal etildi. Chegaralar ochildi. Qo‘shnilarimiz bilan uzilib qolgan aloqalar
tiklanib, bir mamlakatdan ikkinchi davlatga emin-erkin borib kela boshladik. Viza
masalalari hal etildi.
Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar ham jadal rivojlanmoqda. Azal-azaldan
o‘zaro qardosh va birodar mamlakatlarimiz ko‘pgina mintaqaviy va global masalalar,
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bo‘yicha yaqin hamkorlikda harakat qila boshladi. Jahon
siyosatshunosligida “Markaziy Osiyo ruhi” iborasi paydo bo‘ldi.
2025 yil noyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining
navbatdagi Maslahat uchrashuvi bu jarayonga yangi mazmun va kuch bag‘ishladi. Ana shu
misollarning o‘ziyoq ichki va tashqi siyosatning naqadar bog‘liq va hamohang ekanini
ko‘rsatadi. Eng muhimi, ichki va tashqi siyosatimizdagi ana shunday uyg‘unlik xalqimiz
manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilmoqda va natijasini oddiy odamlar o‘z hayoti va
taqdirida his etmoqda.
O‘zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotiga 2019 yili a’zo bo‘lgandan so‘ng tuzilma
sezilarli darajada kuch va obro‘ga ega bo‘ldi. Zero, O‘zbekiston tashkilotga qo‘shilishi
bilan turkiy mamlakatlar zanjiridagi muhim kamchilik bartaraf etildi. Mamlakatimiz
nafaqat Markaziy Osiyo va Yevroosiyo geosiyosatida, balki TDT doirasida ham alohida
e’tiborga ega. Shu bois, O‘zbekistonning unga a’zoligi turkiy dunyoning kelajagida
tom ma’noda keskin burilish nuqtasi bo‘ldi.
Tashkilot doirasida davlatimiz ilgari surgan 60 dan ziyod taklif va tashabbus
TDT faoliyatiga yangi mazmun bag‘ishladi. 2023 yil noyabrda Ostonada bo‘lib o‘tgan
Turkiy davlatlar tashkiloti davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishi doirasida Prezidentimizga
turkiy xalqlar oilasining birligini mustahkamlash, turkiy mamlakatlarning manfaatlari
va qarashlarini xalqaro maydonda faol ilgari surishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun
yuksak mukofot — Turkіy dunyoning oliy ordeni tantanali topshirildi.
Mamlakat kelajagi, barcha soha va loyihalar muvaffaqiyati bilimli, ma’naviyatli
insonlarga bog‘liq. Shu bois, oxirgi yillarda ta’lim sifatini yaxshilash, o‘qituvchilar
mavqeini yuksaltirish bo‘yicha ko‘p ishlar qilindi. Ayniqsa, oldinlari o‘quv yili ibtidosi
muallimning yozilmagan yillik ish rejasini paxta mavsumining boshlanishi belgilab
berardi. Qahraton qishga qadar davom etadigan bu mavsumni o‘qituvchi o‘quvchilari bilan
birga “yollanma terimchi” sifatida dalada o‘tkazardі. Bahor boshlanishi bilan yana
dala yumushlariga jalb qilinardi.
Bundan tashqari, obodonlashtirish, soliq yig‘ish, qurilish ishlarida dastyorlik ham
o‘qituvchilarning zimmasida edi. Bu xizmatlari uchun esa arzimagаn maosh to‘lanardi.
Muallimning obro‘si, sha’ni, qadri haminqadar baholangani tufayli aksariyat o‘qituvchilar
ishini tashlab, boshqa sohalarga o‘tib ketdi.
Endi mamlakatimiz yangi davrga qadam qo‘ydi. 2017 yil sentyabrdan boshlab o‘qituvchilar
o‘ziga tegishli bo‘lmagan barcha yumushdan ozod etildi. Ularning oldida faqat yosh
avlodni yetuk va komil inson qilib tarbiyalash vazifasi qo‘yildi. Shu tariqa biz jamiyat
rivojining tayanch nuqtasini topdik, bu ta’lim tizimidir! Pedagoglar mehnatining qadrlanishi,
e’zozlanishi, ijtimoiy himoyaga olingani buning isboti desak, xato qilmagan bo‘lamiz.
Maktab o‘qituvchilarining oyligi 3-4, oliy ta’lim professor-o‘qituvchilarining
oyligi 4-5 baravar ko‘paytirildi. Davlat OTM professori 2017 yilda 2,5 million so‘m
maosh olgan bo‘lsa, 2025 yil 1 sentabrdan o‘rtacha 14,5 million so‘m oyliq olmoqda.
Faol pedagoglarga ilmiy darajasi uchun byudjetdan 30-60 foiz qo‘shimcha haq to‘lanmoqda.
Ba’zi oliy ta’lim tashkilotlari byudjetdan tashqari mablag‘i hisobidan yana boshqa
ustamalar bermoqda.
O‘qituvchilarning jamiyatda obro‘si, ijtimoiy maqomini oshirish, sha’ni va qadr-qimmatini
himoya qilish maqsadida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga alohida modda kiritildi hamda
Pedagogning maqomi to‘g‘risidagi maxsus qonun qabul qilindi. Barcha viloyatlarda iqtidorli
bolalar uchun Prezident maktablari ochildi, ularning bitiruvchilari dunyoning eng kuchli
universitetlariga kirish uchun grantlarni qo‘lga kiritmoqda. Xususiy ta’lim rivojlantirildi,
hozir 450 dan ortiq xususiy maktab va 60 dan ziyod nodavlat oliy ta’lim tashkiloti
faoliyat yuritmoqda.
Ha, bu yilgi mustaqillik bayrami baland marralar, katta natijalar
va buyuk maqsadlar tantanasi sifatida keng nishonlanadi. Ularning ta’rif va tavsifini
bir maqolaga sig‘dirish mushkul. Eng muhimi, buni har birimiz hayotimiz, turmushimiz
misolida ko‘ryapmiz. Biz ana shunday ulkan imkoniyatlarga to‘la, qadrimiz baland, qaddimiz
tik davrda yashayapmiz. Yangi O‘zbekistonni barpo etishga kirishilgan tarixiy yangilanish
jarayonining har bir yili katta yutuqlar, beqiyos o‘zgarishlar bilan kechayotgani barchamizning
ko‘nglimizni tog‘dek ko‘taradi, albatta.
Ismoil SAIFNAZAROV,
falsafa fanlari doktori, professor