Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Associated Press agentligiga bergan intervyusida shunday dedi. Bu haqda report.az xabar bermoqda.
Bu yo'lda birinchi qadam – bu “harbiy harakatlardagi tanaffus” bo'lib, u oxir-oqibat “doimiy va ishonchli o't ochishni to'xtatish”ga aylanadi, deb hisoblaydi vazir. Uning ta'kidlashicha, “G'azo 7-oktabr kuni Isroilga hujum qilgan odamlar tomonidan nazorat qilinar ekan, mojaroni ikki davlat asosida hal qilish mumkin emas”.
Kemeronning so'zlariga ko'ra, Falastinning tan olinishi “muzokaralar jarayonining boshida amalga oshmaydi, lekin bu jarayonning oxirigacha kutish ham shart bo'lmaydi”.
“Biz falastinliklarga yaxshi kelajak, o'z davlatiga ega bo'lgan kelajak istiqbolini berishimiz kerak”, dedi u va bu “mintaqada uzoq muddatli tinchlik va xavfsizlik uchun juda zarur” ekanligini ta'kidladi.