Galaktikaga Nube (“kub”) nomlandi.
Deyarli qorong'u galaktikalar kosmik obyektning noyob turidir. Ular odatda kataloglarda ro'yxatga olinmaydi, lekin yaqinroq tekshirilganda ular juda zaif optik nurni namoyon etishi mumkin.
Nube galaktikasi Yerdan taxminan 350 million yorug'lik yili uzoqlikda joylashgan. Uning yoshi 10 milliard yil deb baholandi. Galaktika juda keng. Yulduz massasi taxminan 390 million Quyosh massasini tashkil qiladi.
Kelajakda astronomlar ushbu galaktikaning kelib chiqishi va tabiatini o'rganishni rejalashtirgan, deb xabar beradi mir24.tv.