Qayd etilishicha, qo'shaloq yulduzlar bizning galaktikamizda juda keng tarqalgan – Somon yo'li galaktikasidagi yulduzlarning yarmiga yaqini ana shunday tizimlarda joylashgan. Shu paytgacha astronomlar ikkala yulduz atrofida aylanadigan 14 ta sayyora topilganini tasdiqlashgan.

BEBOP-1c gaz giganti bo'lib, Yerdan 65, Yupiterdan taxminan 5 baravar og'ir. Sayyorada bir yil 215 kun davom etadi, deb xabar beradi korrespondent.net.