Ma'lumotlarga ko'ra, u Yerdan atigi 31 yorug'lik yili uzoqda joylashgan. Sayyora qizil mitti yulduz – Wolf 1069 atrofida aylanadi, shu sababli unga Wolf 1069b nomi berildi.
Olimlarning aniqlashicha, uning massasi Yernikidan 1,36 baravar ko'p. Sayyora 15,6 kun ichida yulduz atrofida to'liq aylanib chiqadi. Ularning orasidagi masofa Quyosh va Yer orasidagi masofaning 1/15 qismiga teng. Biroq, qizil mitti yulduz kam issiqlik chiqarishi sababli, sayyoradagi sharoitlar nazariy jihatdan yashashga yaroqli deb topilgan.
Astronomlarning ta'kidlashicha, Wolf 1069b “yashash uchun qulay zona” deb ataladigan hududda, sirti juda issiq yoki sovuq bo'lmasligi uchun yulduzdan optimal masofada joylashgan. U Yer Quyoshdan oladigan issiqlikdan 35% kamroq issiqlik oladi.
Hisob-kitoblarga ko'ra, agar sayyora atmosferasiz bo'lsa, undagi o'rtacha harorat Selsiy bo'yicha -23 daraja bo'ladi. Undagi zich gazsimon qobiq issiqlikni ushlab turishi va iqlimni yanada qulayroq qilishi mumkin. Ammo olimlar hali Wolf 1069b sayyorasida atmosfera va magnit maydonining mavjudligi haqida ma'lumotga ega emaslar.
Ularning tahminlariga ko'ra, texnologiyalarning rivojlanishi bunday tadqiqotlarni kamida 10 yildan keyin amalga oshirishga imkon beradi.
Avvalroq Monreal universiteti xalqaro olimlar jamoasi butun yer yuzi suv bilan qoplangan “Okean sayyorasi” topilgani haqida ma'lum qilgan edi, deb xabar beradi uzreport.news.