Oʻrganish natijasida tanlovlarda ishtirok etgan tadbirkorlik subyektlari — gʻoliblikni qoʻlga kiritgan “Chinor” xususiy korxonasi va “Toshkent-Termiz-Qurilish” MCHJ haqiqatan ham oʻzaro affillangan shaxslarga tegishli ekani oʻz tasdigʻini topgan.
Mazkur davlat xaridlari “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi va “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunlar talablariga zid ravishda oʻtkazilgan.
"Agentlik tomonidan yuqoridagi qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida oldini olish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdimnoma kiritildi", — deyiladi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibi xabarida.
Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish maqsadida toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborildi.