Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish tartibi belgilandi

    “Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish hamda unga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma” Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

    Mazkur Yoʻriqnoma atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish hamda unga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash tartibini belgilaydi.

    Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

    • atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish uchun tayyorgarlik koʻrish;
    • atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazishda oʻlchashlar olib borish va hisob-kitob ishlarini bajarish;
    • atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalarini rasmiylashtirish;
    • atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalarini kelishish va tasdiqlash.
    • Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

    Obyekt tomonidan atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha tuzilgan materiallar rasmiylashtiriladi va obyekt rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

    Bunda, ushbu materiallar obyekt rahbari tasdiqlagan kundan eʼtiboran bir ish kun ichida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining hududiy organiga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi va ular taqdim etilgan kundan eʼtiboran 15 kun ichida koʻrib chiqiladi.