Atmosferani milliardlab tonna karbonat angidriddan tozalash usuli topildi

    Kopengagen universiteti olimlarining ma'lum qilishicha, Grenlandiyadan olinadigan toshli “un” atmosferani milliardlab tonna ortiqcha karbonat angidriddan xalos etishi mumkin.

    Toshli “un” – Grenlandiya muzliklarining ostida parchalanadigan qattiq jinslarning zarralari. Yiliga bir milliard tonnaga yaqin bo'laklar hosil bo'ladi, keyinchalik ular erigan suv bilan aralashib, muzliklar ostidan loy shaklida oqib chiqadi. Olimlar ushbu moddaning tabiiy zaxiralari deyarli cheksiz ekanligini ta'kidlashdi.

    Kimyoviy reaksiyalar tosh kukunini parchalaydi va havodagi CO2 yangi karbonat minerallariga kondensatsiyalanishiga olib keladi. Ilgari bu jarayon Yerda global sovishini keltirib chiqargan.

    Yangi tadqiqot mualliflari qishloq xo'jaligi yerlarini toshli “un” bilan qoplashni taklif qilishdi. Uning har bir tonnasi 250 kilogram CO2 ni o'zlashtirishga qodir. Agar Daniyadagi barcha dalalarni toshli “un” bilan qoplashning imkoni bo'lsa, 27 million tonna karbonat angidridni o'zlashtirish imkoniyati yuzaga keladi. Buni mamlakatdagi umumiy yillik chiqindilar bilan solishtirish mumkin.

    Toshli “un” ham samarali tabiiy o'g'it bo'lishi muhim, chunki u ozuqa moddalarini o'z ichiga oladi. Tajribalar shuni ko'rsatdiki, u Daniyada makkajo'xori va kartoshka hosildorligini mos ravishda 24 foiz va 19 foizga oshirdi. Issiq iqlim sharoitida natija yanada yaxshi bo'ldi, deyiladi mir24.tv saytida.