«Avatar-2» yangi rekordlarga yaqinlashmoqda

    Madaniyat 23 Yanvar 2023 1434

    «Avatar: Suv yo'li» (Avatar-2) filmining kassa tushumlari, ekranlarga chiqqanidan olti hafta o'tib, 2 milliard AQSH dollaridan oshdi.

    Film 598 million dollarni AQShda, 1,4 milliard dollarni xorijdagi namoyishlardan ishladi.

    Shu tariqa kino tarixida 2 milliard dollardan ortiq pul ishlagan filmlar soni 6 taga etdi:

    1. «Avatar-1»
    2. «Qasoskorlar: Final»
    3. «Titanik»
    4. «Yulduzlar jangi: Kuchning uyg'onishi»
    5. «Qasoskorlar: Cheksizlik urushi»
    6. «Avatar-2».
    Jeyms Kemeron «Avatar-2»ni suratga olish jarayonida

    E'tiborli tomoni, tarixdagi eng ko'p daromad keltirgan filmlarning uchtasini Jeyms Kemeron suratga olgan. «Avatar»da Neytiri rolini o'ynagan aktrisa Zoi Saldana esa shu oltita filmning to'rttasida qatnashgan.