Film 598 million dollarni AQShda, 1,4 milliard dollarni xorijdagi namoyishlardan ishladi.

Shu tariqa kino tarixida 2 milliard dollardan ortiq pul ishlagan filmlar soni 6 taga etdi:

  1. «Avatar-1»
  2. «Qasoskorlar: Final»
  3. «Titanik»
  4. «Yulduzlar jangi: Kuchning uyg'onishi»
  5. «Qasoskorlar: Cheksizlik urushi»
  6. «Avatar-2».
Jeyms Kemeron «Avatar-2»ni suratga olish jarayonida

E'tiborli tomoni, tarixdagi eng ko'p daromad keltirgan filmlarning uchtasini Jeyms Kemeron suratga olgan. «Avatar»da Neytiri rolini o'ynagan aktrisa Zoi Saldana esa shu oltita filmning to'rttasida qatnashgan.