Bu haqda “Dunyo” AA xabar qildi.

“Zamonaviy taʼlim tizimi doimiy ravishda yangilanib borish, sifatni oshirish, innovatsion dasturlar yaratish va xalqaro loyihalarni amalga oshirishni taqozo etmoqda, – deb yozgan maqola muqaddimasida muallif. – Bogʻcha, maktab, kollej, oliy oʻquv yurtlari – taʼlimning barcha bosqichlarida bolalar va yoshlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan, muassasalarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlangan. Shunday qilib, Oʻzbekiston xorijiy davlatlar va tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikda yosh avlodning bilim olishi cheksiz boʻlgan modelni barpo etmoqda”.

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekistonda bu borada mustahkam normativ-huquqiy baza shakllantirildi. Takomillashtirilgan qonunchilik bazasi tufayli islohotlar ancha oson va samarali boʻlmoqda. Bundan tashqari, tizimni isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va bolalarning sifatli bilimlardan teng foydalanishini taʼminlash jarayonini yangi bosqichga koʻtarish maqsadida davlat rahbari tomonidan 2030-yilgacha Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

“Taʼlim – bunyodkorlik islohotlari va keng qamrovli oʻzgarishlar asosidagi hayotiy soha boʻlib, bu jabhadagi barqarorlik davlatning iqtisodiy yuksalishini taʼminlaydi, – deya qaytgan jurnalist. – Binobarin, bir yosh fuqaro gʻamxoʻrlik va eʼtiborni his etishi uchun sharoit yaratish mamlakat rahbariyatining asosiy vazifasidir. Va bu yoʻnalishda bir qator muhim yutuqlarga erishildi”.

Taʼkidlanishicha, toʻplangan xalqaro tajriba shuni koʻrsatadiki, yuqori sifatli maktabgacha taʼlimga investitsiyalar bolalarni maktabga tayyorlash, ularning ijtimoiy moslashuvi, zarur bilim va ijtimoiy-emotsional koʻnikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Shu bois davlat rahbari respublika bolalariga teng imkoniyatlar yaratish, ularning umumiy oʻrta taʼlimga bir yillik majburiy tayyorlanish huquqini himoya qilish vazifasini qoʻydi.

“Buning natijasida maktabgacha taʼlim va tarbiya muassasalariga qamrab olish foizi ortib bormoqda, bolalarni bogʻchaga qabul qilishdagi korrupsiyaga barham berildi, tibbiy xizmat koʻrsatish va ovqatlanish tizimi toʻgʻri yoʻlga qoʻyildi. Oʻquv jarayoni sifati yaxshilanmoqda”, – deb yozgan maqola yakunida Yevgeniya Yun.