Musobaqada turli davlatlardan kelgan 120 nafardan ortiq sportchi qatorida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti aviamodel sportchilari ham ishtirok etdi.

Ishtirokchilar oʻzlari yaratgan samolyot modellari va ularning ochiq osmonda nechogʻlik parvoz qilish imkoniyatlariga ega ekanligini namoyon etdi. Sportni rivojlantirish vazirligi xabariga koʻra, yakuniy natijalarga koʻra, yurtimiz sportchilari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Har ikki musobaqa – Jahon kubogi va YevroOsiyo kubogi bahslarida sportchilarimiz umumjamoa hisobida 2-oʻrin sohibiga aylandi. Eslatib oʻtamiz, “Vatanparvar” tashkiloti bir qator xalqaro sport tashkilotlari, jumladan, Xalqaro aeronavtika federatsiyasi (FAI)ning toʻlaqonli aʼzosi hisoblanadi.

Sportchilarimiz qayd etgan natijalar bilan tanishing:

Jahon kubogi:

Vadim Vasilev (Toshkent sh.) – F-2 B sinfida, 1-oʻrin;
Aleksey Bundin (Toshkent vil.) – F-1 A sinfida, 2-oʻrin;
Alisher Mirzayev (Fargʻona) – F-1 B sinfida, 3-oʻrin;
Valeriy Vardanyan (Fargʻona) – F-1 S sinfida, 3-oʻrin.

Yevroosiyo kubogi:

Shamsiddin Bobonev (Toshkent vil.) – F-1 A sinfida, 2-oʻrin;
Shavkat Ismatillayev (Toshkent sh.) – F-1 B sinfida, 3-oʻrin.