Maxsus komissiya yoʻlovchi tashuvchilar, turoperator (turagent) va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning kiritgan takliflariga asosan subsidiyalanadigan avia va temir yoʻl qatnovlari yoʻnalishlarini hamda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlarni belgilaydi.

Hujjat bilan mahalliy yoʻnalishlardagi aviaqatnovlar uchun chipta narxining bir qismini aviatashuvchilarga qaytarish Tartibi oʻzgartirildi.

Subsidiya 2021-yil 1-martdan 2022-yil 1-iyungacha sayohat tashkilotchilariga - Oʻzbekiston fuqarolari va respublikada doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun tashkil etilgan turlar yuzasidan transport chiptalari narxining 15%i hamda mehmonxona xizmatlari narxining 10%i miqdorida ajratildi.

Aviatashuvchilarga ichki turizm, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan mahalliy yoʻnalishlarda avia chipta narxining 25%i miqdorida subsidiya 2026-yil 1-yanvargacha ajratiladi (ilgari subsidiya berish muddati 2022-yilning 1-iyuniga qadar boʻlgan).

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 09.01.2023-yildan kuchga kirdi, deb xabar beradi “Norma”.