Mazkur hodisa boʻyicha Jinoyat kodeksining mansabdor shaxslar tomonidan vakolatlarini suiisteʼmol qilish hamda yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish moddalari bilan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 31-yanvar kuni savdo majmuasining ikkinchi qavatida yuz bergan yongʻin 800 kvadrat metr maydonga zarar yetkazgan boʻlib, uni bartaraf etishga 20 dan ortiq maxsus va suv tashuvchi texnikalar jalb etilgan edi.

Afsuski, koʻngilsiz hodisadan soʻng bino qoldiqlari orasidan uch yoshli qizaloqning jasadi topilgan. Hozirda mutasaddi idoralar yongʻinning kelib chiqish sabablari va masʼul shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho bermoqda.