Samolyot Parijdan 16 126 kilometr masofani bosib o'tdi va Taitiga qo'ndi. Samolyot bortida 20 tonna yuk bo'lgan.
Ma'lumki, Taiti Frantsiya polineziyasining bir qismi bo'lib, Tinch okeani janubidani 100 dan ortiq orollarning biridir. SHuning uchun bu reys mahalliy parvoz deb tan olindi.
Bu borada xalqaro tijorat reys rekori Avstraliyaning “Qantas” aviakompaniyasiga tegishli bo'lib, u Sineydan N`yu-Yorkka to'xtovsiz parvozni amalga oshirgan.
Uning bortida jurnalistlar, ekipaj, yo'lovchilar, aviakompaniya rahbarlari hamda uzoq parvozning insonga ta'sirini o'rganadigan olimlar bo'lgan.
Reys 19 soatu 16 minut davom etgan bo'lib, 16,2 ming kilometr masofani bosib o'tgan.