«O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida amalga oshirilayotgan tub o'zgarishlar natijasida bugun ilgari kuzatilmagan yutuqlarga erishmoqda. Qishloq xo'jaligiga innovatsiyalar va ilg'or ishlanmalarni, fan va texnikaning zamonaviy yutuqlarini izchil joriy etish muvaffaqiyatning muhim tarkibiy qismi bo'layotir. Chunki, davlat rahbari ta'kidlaganidek, qishloq xo'jaligining ilmiy asoslarini yo'lga qo'ymaguncha, sohada rivojlanish bo'lmaydi», - deyiladi maqolada.
Qayd etilishicha, mamlakatning tashabbuskor fermerlar ko'p yillik mehnat tajribasi va olimlarning zamonaviy bilimlari, tinimsiz sa'y-harakatlariga tayanib, O'zbekiston 2023- yilda ham yuksak natijalarga erishdi.
«Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, davlat tomonidan qishloq xo'jaligining yuksalishi va farovonligiga qaratilayotgan alohida e'tibor, berilayotgan imtiyoz va preferentsiyalar tufayli dehqon va fermerlar o'tgan yilga nisbatan salmoqli yutuqlarga qo'lga kiritishdi, - deya ma'lum qilingan maqolada. -Masalan, joriy yilda fermerlar tomonidan 3 million 800 ming tonna paxta xomashyosi, 8,2 million tonna g'alla etishtirildi. 15 million tonnadan ortiq sabzavot va poliz mahsulotlari, besh million tonna meva va uzum, to'rt million tonna kartoshka etishtirildi. Xuddi shunday ijobiy dinamika qishloq xo'jaligining boshqa tarmoqlarida ham kuzatildi».
«AVRASİYA» AA, shuningdek, joriy yilda O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida qator ma'muriy islohotlar amalga oshirilganini xabar qilgan. Boshqaruv mexanizmlarida noodatiy funktsiyalar bartaraf etilib, vazifa va vakolatlar yagona tizimga birlashtirildi. Fermer va dehqonlarga etishtirish uchun ekin tanlash, ekinlarni joylashtirish, davlat organlarining asossiz aralashuviga barham berishda erkinlikni ta'minlagan tegishli qarorlar qabul qilinishi ijobiy rol` o'ynaganini alohida ta'kidlash joiz. Albatta, sohani ilm-fan yutuqlari asosida tubdan isloh qilish, ilg'or agrotexnologiyalarni qo'llash, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini moddiy rag'batlantirish tizimlari ijobiy samara berdi.
«O'zbekiston aholisi yildan-yilga ortib bormoqda. Shu bois mamlakat aholisini qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash vazifasi bilan bir qatorda qishloq xo'jaligi sohasida ish o'rinlari yaratish bo'yicha ham tizimli ishlarni amalga oshirish talab etiladi, - qayd etgan muallif. - YAngi imkoniyatlarni ochish, mahalliy qishloq xo'jaligining qo'shimcha qiymati va jozibadorligini ta'minlashning yagona yo'li – sohaga ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarini keng joriy etish, har bir muammoga yuzaga kelayotgan imkoniyatlar nuqtai nazaridan qarashdir».
Maqola xulosasida, «O'zbekistonning mehnatkash va fidoyi fermerlari qishloq xo'jaligi olimlari bilan birgalikda ushbu sharafli vazifalarni hal etishga to'la qodir», - deb yozgan «AVRASİYA» AA.