Avstraliya hukumati 16 yoshgacha bo'lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini cheklamoqchi

    Qonun loyihasini muhokama qilish chogʻida hukumat nafaqat ota-onalar, oʻqituvchilar, bolalar tarbiyasi boʻyicha mutaxassislar, balki platformalar bilan ham maslahatlashgan.

    Kelgusi hafta Avstraliya parlamentiga 16 yoshgacha boʻlgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash toʻgʻrisidagi qonun loyihasi kiritiladi.

    Bu haqda Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaniz maʼlum qildi.

    Bunday qonunni qabul qilish zarurligini tushuntirar ekan, u ijtimoiy tarmoqlar avstraliyalik bolalarga yetkazadigan zararni minimallashtirishi kerak. Agar qonun qabul qilinsa, bu dunyoda birinchi ana shunday qonunga aylanadi.
    Bosh vazirning taʼkidlashicha, qonun loyihasini muhokama qilish chogʻida hukumat nafaqat ota-onalar, oʻqituvchilar, bolalar tarbiyasi boʻyicha mutaxassislar, balki platformalar bilan ham maslahatlashgan.

    Hozirda Avstraliyada koʻplab ijtimoiy platformalar 13 yoshdan oshgan bolalarga akkaunt yaratish imkonini beradi, ammo bu talabni tegishli tugʻilgan sanani koʻrsatish orqali osongina chetlab oʻtish mumkin, deb xabar beradi report.az.