Akulaning yangi turi o'ziga xos tana shakli, mayda shoxlari va bo'rtib chiqqan ko'zlari bilan ajralib turadi.

Tadqiqotlarga ko'ra, akulaning bu turi faqat shimoli-g'arbiy Avstraliya suvlarida, taxminan 125-229 metr chuqurlikda yashaydi.

2022-yil noyabr oyida tadqiqotchilar mazkur turga mansub, uzunligi taxminan 53 santimetr bo'lgan katta yoshli akulani tutib olishga muvaffaq bo'lishdi. Boshqa shoxli akulalardan farqli ravishda ularning terisi o'ziga xos chiziqli naqshga ega. Shu bois u zebrasimon akulasiga o'xshab ketadi. Biroq zebrasimon akulalar sayoz suvlarda, odatda Indoneziya yoki Yaponiya yaqinida yashaydi, Heterodontus marshallae esa chuqurroq okeanlarni afzal ko'radi, deb xabar beradi korrespondent.net.