Nashrning yozishicha, itlar boshpanasi joylashgan okrug kengashi markaziy g'arbiy shtatdan kelgan ko'ngillilarga kasallik yuqishi xavfini oldini olish uchun itlar guruhini yo'q qilishga qaror qilgan. Ko'ngillilar itlarni bir manzildan boshqasiga olib borishi kerak edi.
Mahalliy hokimiyat vakillari ko'ngillilar hamrohligidagi itlar koronavirus tufayli cheklov joriy etilgan bir necha shtatlar bo'ylab sayohat qilishiga to'g'ri kelishi mumkinligidan qo'rqishgan. Jonivorlar esa o'z manzillariga etib bormagan.
Bu xatti-harakat hayvonlarni himoya qilish tashkilotlari faollarining keskin tanqidiga uchragan va kengashning nazorat organi — Yangi Janubiy U`ls mahalliy hukumat idorasi (OLG) aralashuviga sabab bo'lgan. Tashkilot o'z bayonotida, agentlik hodisa sabablarini o'rganib, hayvonlar va shafqatsizlik profilaktikasi to'g'risidagi qonunlarning buzilganligini aniqlashini aytdi.
Mahalliy hukumat idorasining xabar berishicha, Burk okrugi kengashi aholini, shu jumladan aborigenlarning zaif guruhlarini COVID-19 yuqish xavfidan himoya qilish uchun shunday chora ko'rishga majbur bo'lgan.
Yangi Janubiy U`ls sog'liqni saqlash boshqarmasi ma'lumotiga ko'ra, itlar uchun boshpana joylashgan Kobar shahrida koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etilmagan. COVID-19 faqat hududdagi 4 mingga yaqin aholiga xizmat ko'rsatadigan kanalizatsiya tizimida topilgan.
Hayvonlarni ozod qilish bo'yicha mintaqaviy kampaniya rahbari Liza Rayan jonivorlarning otilishi yuzasidan zudlik bilan tergov o'tkazishni talab qildi.
“Biz itlarni shafqatsiz otilishidan juda xafa bo'ldik va dahshatga tushdik. Va kengashning, bu qotillik ehtimol COVID-xavfsiz rejasining bir qismi bo'lgan, degan qabul qilib bo'lmaydigan bahonalarini butunlay rad etamiz", dedi u.
Kengashning o'zi va hayvonlar boshpanasi rahbarlari bu qarordan keyin voqeaga izoh bermadi.