Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, Denilikvin  kraterining diametri 520 kilometrga yetadi. Bu Janubiy Afrikadagi Vredefort krateridan (300 kilometr) sezilarli darajada katta.

Ma'lumki, Yer yuzasida meteorit kraterlari asta-sekin yo'q bo'lib bormoqda. Buning bir qancha, xususan, eroziya, plitalar tektonikasi, cho'kindi konlarning to'planishi kabi sabablari bor.

Biroq zamonaviy geofizik texnologiyalar asosida kraterni hatto tosh massasi ostida chuqur joylashgan bo'lsa ham aniqlash mumkin. Yangi ma'lumotlar olimlarga Yerning asrlar davomida qanday rivojlanganligi va unda qanday halokatlar sodir bo'lganini yaxshiroq tushunishga zamin yaratadi, deb xabar beradi mir24.tv.