Avstraliyada erkak xavfsizlik uskunalarisiz 163 metrlik osmono'par binoga ko'tarildi

    Fransiyalik fuqaro hech qanday xavfsizlik uskunalarisiz osmono'par binoga ko'tarilgani uchun yetti kunlik qamoq jazosiga hukm qilindi.

    Xavfsizlik vositalarisiz osmono'par binoga ko'tarilgan Fransiya fuqarosi Melburn magistral sudi tomonidan yetti kunga qamaldi.

    Ma'lum bo'lishicha, voqea 6-fevral kuni sodir bo'lgan. O'shanda 30 yoshli Entoni Andolfo ertalab soat 7:50 da Melburndagi Avani binosining (balandligi 163 metr) to'qqizinchi qavatdagi ayvoniga chiqdi va arqon, kamar va boshqa xavfsizlik vositalarisiz ko'tarilishni boshladi. U 55 qavatli binoning tomiga chiqdi, u yerda uni politsiya, o't o'chiruvchilar va tibbiyot xodimlari kutib olishdi.

    Andolfo Port-Fillip qamoqxonasida allaqachon jazosni o'tadi.

    26 daqiqalik cho'qqiga chiqishni dron bilan suratga olgan 25 yoshli do'sti Ugo Frolingerga kelsak, u o'tgan hafta aybdor deb topildi va voqeadagi roli uchun 3000 dollar jarimaga tortildi.

    Andolfoning advokati Maykl Xaralambus sudga uning mijozi ijtimoiy tarmoqlarda shon-shuhrat yoki ko'proq obunachilarga ega bo'lish haqida o'ylamaganini aytdi.

    Uning so'zlariga ko'ra, boshqa mamlakatlardagi uylarga ko'tarilib chiqish borasida tajribaga ega bo'lgan Andolfo o'zining texnikasini tahlil qilish va uni boshqa alpinistlar bilan baham ko'rish uchun mazkur jarayonni videoga olgan.

    Ammo sudya Jonatan Kleshtadt Andolfo shon-shuhratga intilmagani haqidagi da'voni rad etdi, deb xabar beradi korrespondent.net.