Kenguruning 77 yoshli xoʻjayini dushanba kuni oʻz uyida doʻsti tomonidan yaralangan holda topilgan.
Qutqaruv boʻlimi xizmatchilari yetib kelib, kenguruni tutishning imkonlarini qila olishmagach, uni oʻldirishga majbur boʻlishdi. Kenguruning egasi ham voqea joyida vafot etdi. Politsiya xizmatining maʼlum qilishicha, kenguru voqea sodir boʻlgan kun ertalabki vaqtda oʻz egasiga hujum qilgan.
Avstraliyada 50 millionga yaqin kenguru yashaydi. Ogʻirligi 90 kg, uzunligi 2 metr boʻlgan bu hayvonlarning hujum qilishi kamdan-kam holatda roʻy beradi. Yuqoridagi hodisa esa 1936-yildan buyon ilk bor natijasi oʻlim bilan tugagan kenguru hujumi hisoblanadi.
Kengurularni oʻrganuvchi mutaxasis, ushbu hayvonlarning tishlari, panjalari hamda kuchli oyoqlari mustahkam qurol vazifasini oʻtashini taʼkidladi. Ikki oyoqda harakatlanadigan bu hayvonlar odamlarni oʻzlariga dushman sifatida qabul qilishlarini ham ilova qildi.
Xususan, erkak kengurular bir-biriga hujum qilmoqchi boʻlsa, ikki oyoqda, tik holatda turib olishar ekan. Iyul oyida kenguru hujumiga uchragan 67 yoshdagi bir ayol oyogʻidan yaralangan edi. Uning tanasida kesilgan joylarni koʻrish mumkin edi. Mart oyida esa kichkina qizaloq kenguru hujumiga uchragandi.