Avstraliyada yuz bergan to'fon qurbonlari soni yetti nafarga yetdi

    Avstraliyaning sharqiy qirg'oqlarida sodir bo'lgan to'fon oqibatida yetti kishi halok bo'ldi, bir kishi bedarak yo'qoldi. Qutqaruvchilar bedarak yo'qolgan shaxsni qidirishda davom etmoqda.

    Tabiiy ofat Avstraliyaning Kvinslend shtatida yuz berdi. Sinoptiklarning ma'lumotlariga ko'ra, shamolning tezligi soniyasiga 30 metrga yetgan. Oqibatda yuzdan ortiq xonadon elektr energiyasisiz qoldi.

    Mahalliy hokimiyat vakillarining so'zlariga ko'ra, elektr energiyasini tiklash va zararni bartaraf etish uchun bir necha kun kerak bo'ladi. Ayni paytda meteorologlar Kvinslend janubi-sharqida momaqaldiroq xavfi o'tib ketganini aytishdi. Biroq, yomg'ir hali ham yog'ishda davom etmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.