Maʼlumotlarga ko‘ra, texnik nosozlik taxminan 5:30 kuzatilgan. Keyinchalik Melburnda jamoat transporti to‘xtatilgani maʼlum bo‘ldi. Bundan tashqari, bir qator tibbiy xizmatlarning telefon raqamlari, jumladan, tez yordam, taksi xizmatlari va oziq-ovqat yetkazib berishning telefon raqamlari bilan bog‘lanib bo‘lmayapti. Bir qator banklar va to‘lov tizimlari ham ishlamay qolgan.
Texnik nosozlik sababi hozircha nomaʼlum. Provayder kompaniyasining vakillari aloqani tiklash uchun barcha imkoniyatlarni qo‘llamoqda. Nosozlikni to‘liq bartaraf etish uchun aniq muddat aytilmagan. Mamlakat hukumati bu kiberhujum natijasi emasligini taʼkidladi. Mutaxassislar muammo tizimni yangilashga noto‘g‘ri urinish tufayli yuzaga kelgan deb taxmin qilinmoqda.