Bojxona chegaralaridan tovar-moddiy boyliklarni yashirin yoʻllar bilan olib oʻtishga boʻlgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona postiga qoʻshni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro S.B. boshqaruvidagi “Yutong” rusumli avtobus inspeksion kurik majmuasidan oʻtkazildi.
Natijada, avtobusda umumiy qiymati 28,3 million soʻmlik har xil turdagi avtoulovlarga mujallangan ehtiyot qismlar borligi aniqlandi.