Avtobuslarda naqd pul qabul qilish cheklanganini tushuntiruvchi maxsus guruh ish boshladi

    2025-yil 1-yanvardan boshlab avtobuslarda naqd pul qabul qilish cheklanganligi va bu jarayon qanday tartibda amalga oshirilishini yoʻlovchilarga yaqindan tushuntirish maqsadida, nazoratchilardan iborat maxsus ishchi guruh oʻz faoliyatini boshladi.

    Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

    Shu munosabat bilan, 4-yanvar keuni “Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi “Nazoratchilar guruhi” xodimlari va Transport nazorati inspeksiyasi inspektorlariga, jamoat transportida toʻlovlarni amalga oshirilganligini nazorat qilish va yoʻlovchilarga tushuntirish-targʻibot ishlarini oʻtkazish boʻyicha maxsus yoʻriqnoma oʻtkazildi.