Avtodoʻkon yoki fudtrek uchun onlayn-kassa qanday roʻyxatdan oʻtkaziladi

    Biznes 12 Avgust 2020 1454

    Prezidentning 20.07.2020-yildagi PF-6029-son farmoni avtorasta, avtodoʻkon, avtotirkama, avtotsisterna va fudtreklar vositasida savdoni rivojlantirishni ragʻbatlantiradi.

    Biroq soliqchilar va tadbirkorlar savdoning bunday shakllari uchun onlayn-NKMni roʻyxatdan oʻtkazish muammosiga duch keldi.

    Soliq idorasi uni “oʻxshashligi asosida” hal qilishga uringaniga qaramay, masala tartibga solinmagan va oxirigacha qayta ishlanmagan holda qolmoqda. Yuzaga kelgan vaziyatdan qanday qilib chiqish – buxgalter.uz sharhida.

    Tadbirkorlar ushbu masalani DSQning onlayn-kassa va EHFni joriy etishga bagʻishlangan vebinarida koʻtarishgan. Shundan keyin savol va unga javob DSQning telegram-kanali va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingandi:

    - Koʻchma savdo bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari koʻchma savdo obyekti boʻyicha onlayn-NKMni davlat soliq xizmati organlarida xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishlari zarur.

    Roʻyxatdan oʻtkazish uchun quyidagilarni taqdim etish zarur: ariza, turgʻun savdo (servis) shoxobcha mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning nusxalari (ijara shartnomasi, kadastr), texnik xizmat koʻrsatish markazi bilan tuzilgan shartnoma va turgʻun shoxobchaning xaritada joylashish koordinatalari yoki koʻchma savdoning rejalashtirilayotgan joyi sxemasi.

    Bunda:

    1. Idora havola berayotgan 306-son VMQda onlayn-NKM haqida hech bir soʻz aytilmagan. Bu – toʻliq ilgarigi fiskal xotirali NKMga bagʻishlangan hujjat. Onlayn-NKMni oʻrnatish, roʻyxatdan oʻtkazish va foydalanish masalalari 23.11.2019-yildagi 943-son VMQ bilan tartibga solingan.

    2. 17.11.2011-yildagi 306-son VMQda ham, 23.11.2019-yildagi 943-son VMQda ham koʻchma savdo korxonalari haqida hech narsa aytilmagan.

    3. Onlayn-NKMni roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur hujjatlar roʻyxatini qayerdan olish tushunarsiz – bu amaldagi hech bir normativ hujjatda mavjud emas.