Kuni kecha ertalab Neksiya-3 rusumli avtomashina yoʻlning chap tomonidagi daraxtga urilib oʻtib unga qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan Gazel rusumli avtomashinasi bilan toʻqnashib YTH sodir etgan.
Natijada Natijada Neksiya-3 avtomashinaning 20 yashar haydovchisi “peshona sohasida shilinma va gematoma, chap yuqori qovoq burun sohalari qontalash va kesilgan jarohati, koʻkrak qafasi yopiq jarohati, qovurgʻalar sinishi, ichki qon ketishi” tashxisi bilan Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasida vafot etgan.
Gazel avtomashina yoʻlovchisi “oʻng boldir yuqori uchligidan yopiq yorilib sinishi, teri osti gematomasi, pastki labni yirtilishi” tashxisi bilan Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasida birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib chiqarib yuborilgan.