Qarorga koʻra, yuk tashish uchun moʻljallangan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transportlarni 2025-yil 1-yanvargacha Oʻzbekistonga import qilishda bojxona boji, utilizatsiya yigʻimi va avtotransportlarni sotib olganlik uchun avtotransport yigʻimlarining nol stavkalari qoʻllaniladi:

“Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtotransportlar (TIF TN kodlari 8701 20, 8704 22 (samosvallardan tashqari);
tirkamalar va yarim tirkamalar (TIF TN kodlari 8716 31, 8716 39).

Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transportlar 2025-yil 1-yanvargacha Oʻzbekistonga import qilishda majburiy sertifikatlashdan ozod qilinadi:

➖ “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan yuk va maxsus avtotransportlar;
➖ avtomobilda yuk tashish uchun foydalaniladigan tirkamalar va yarim tirkamalar.