O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Farg'ona shahrida yashovchi fuqaro S. Tomonidan qilingan murojaatda aytilishicha “Farg‘ona AvtoTexXizmat” avtosaloniga 115 million 607 ming so'm, ya'ni 100 foizlik oldindan to'lovni amalga oshirish orqali “Lacetti-Gentra” rusumli avtomashina sotib olgan.

Biroq mazkur avtoulovda nuqsonlar borligi (eshiklari choklari bir-biriga to'g'ri kelmasligi, avtoulovni old qismi bamperida bo'yoq ko'chgani va h.k) sababli boshqasiga almashtirib berilishini talab qilgan. Avtosalon xodimlari esa iste'molchining bu talabini qanoatlantirmagan.

Bu murojaat, Federatsiyaning Farg'ona shahar jamiyati tomonidan o'rganilishi natijasida mazkur avtomobil` yangisiga almashtirib berildi.

Yana bir murojaatda Qoraqalpog'iston Respublikasi To'rtko'l tumanida yashovchi fuqaro U.Bozov 2020 yil 21 yanvar` kuni To'rtko'l tumani markazida joylashgan “To'rtko'l Navigator” MCHJdan Urganch-Vnukova, Vnukova-Urganch yo'nalishi bo'yicha 2020 yil  29 mart kuni uchadigan aviareysga 1 ta chiptani  2 million 284 ming so'm evaziga xarid qilgani aytiladi.

Biroq pandemiya sababli reyslar ma'lum muddatga qoldirilgan. Shunda iste'molchi aviakassaga borib chipta pullarini qaytarishini so'raganida sotuvchi turli bahonalar bilan pulni qaytarib bermagan.

Murojaat federatsiya xodimlari tomonidan o'rganilishi natijasida iste'molchiga chipta puli qaytarilishiga erishildi.