IIV YHXBB axborot xizmati xabariga koʻra, haydovchi avtomobilda, ayrim sabablarga koʻra, inson jasadini olib ketayotganligini aytgan. Xolislar ishtirokida avtomobil saloni va yukxonasi tekshirilganda, haydovchining soʻzlari yolgʻon ekani, haydovchi yoʻllardagi fotoradarlarga tushib qolmaslik, tezlikni meʼyoridan oshirib transport vositasini boshqarish maqsadida shu yolgʻonni oʻylab topgani maʼlum boʻlgan.
Shuningdek, orqa va old davlat raqam belgisi loy bilan berkitib olingan “Epika” rusumli transport vositasi toʻxtatilganda, ushbu avtomobil haydovchisi ham xuddi “Kobalt” haydovchisi kabi yoʻllardagi fotoradarlarga tushib qolmaslik, tezlikni meʼyoridan oshirib transport vositasini boshqarish maqsadini koʻzlagani maʼlum boʻlgan.

Har ikkala avtomobil haydovchisiga nisbatan Yoʻl harakati qoidalarining 3-ilovasi, 7.15-bandi (transport vositasida roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini koʻrinishini cheklaydigan, toʻgʻri aniqlanishiga xalaqit beradigan har-xil buyumlar oʻrnatilgan va qoplamalar bilan qoplangan boʻlsa)da belgilangan talablarni buzganliklari boʻyicha Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 127-moddasi 2-qismi (davlat raqam belgilarini koʻrish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga toʻsqinlik qiladigan turli ashyolar oʻrnatish va qoplama surtish) tartibida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.