Avtotransportlar Toshkent shahri Fargʻona yoʻli koʻchasidagi chorrahalarda qanday harakatlanadi?

    Transport 27 Fevral 2021 2191

    Xabaringiz bor, Toshkent shahrining Fargʻona yoʻli koʻchasida joylashgan beshta chorrahaning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish maqsadida, qurilish ishlari olib borildi.

    Ushbu qurilish ishlari yakunlangandan soʻng koʻpchilikda mazkur koʻchalardan notoʻgʻri foydalanish holatlari, buning natijasida yoʻl transport hodisalari ham uchrab turibdi.

    Quyida mazkur chorrahalarda transport vositalarining toʻgʻri harakatlanish tartibi bilan tanishishingiz mumkin:

    1. Yangi Qoʻyliq – Fargʻona yoʻli koʻchalari kesishmasi
    Yangi Qoʻyliq – Fargʻona yoʻli koʻchalari kesishmasi

    • Yoʻnalish 1 boʻylab harakatlanayotgan transport vositalarining oqimlari asosiy oqimlar hisoblanadi.
    • YOʻnalish 1 boʻylab harakatlanayotgan transport vositalari yoʻnalish 3 boʻylab harakat qilish uchun, oʻng chiziqni mahalliy yoʻli (karmashka)ga qayrilishlari kerak, shunda ular yoʻnalish 5 boʻylab harakatlanadigan transport vositalarining asosiy oqimiga toʻsqinlik qilmaydi.
    • Yoʻnalish 2 boʻylab harakatlanayotgan transport vositalari yoʻnalish 3 ga oʻtishlari yoʻki yoʻnalish 2 boʻylab qayrilishni amalga oshirishlari uchun ajratilgan 4-yoʻldan foydalanishlari kerak. Shunda ular yoʻnalish 1 va 2 da harakatlanayotgan transport vositalarining asosiy oqimiga toʻsqinlik qilmaydi.

    2. A.Fitrat – Fargʻona yoʻli – M.Ashrafiy koʻchalari kesishmasi

    A.Fitrat – Fargʻona yoʻli – M.Ashrafiy koʻchalari kesishmasi
    • Yoʻnalish 1 va 3 - bu harakatdagi murakkablik va tartibsizlikni oldini olish uchun mahalliy yoʻl (karmashka)lar orqali ochilgan asosiy koʻchalardir.
    • Yoʻnalish 3 boʻylab harakatlanayotgan transport vositalari yoʻnalish 2, 3, 4 boʻylab harakatni davom ettirish uchun mahalliy yoʻl 5 (karmashka) dan foydalanishlari kerak. Avtomobilni alohida svetofor bilan ajratilgan mahalliy yoʻl (karmashka)da kutish orqali asosiy koʻchadagi chalkashliklar oldi olinadi.
    • Asosiy oqimga qoʻshilishni istagan, yoʻnalish 6 boʻylab harakatlanayotgan transport vositalari oldindan qayrilishni amalga oshirishlari va chorrahaga yetib boradigan transport vositalari faqat yoʻnalish 4 boʻylab harakatni tashkil etishlari mumkin boʻladi.
    • Yoʻnalish 2 boʻylab harakatlanayotgan transport vositalari asosiy yoʻlga kirish imkoniga ega emas, ular mahalliy yoʻl (karmashka)larga qayta kirishlari kerak va nazorat qilinadigan keyingi kesishmalarda asosiy yoʻlga qoʻshilishlari lozim.

    3. Ohangrabo – Fargʻona yoʻli– Munis koʻchalari kesichmasi

    Ohangrabo – Fargʻona yoʻli– Munis koʻchalari kesichmasi
    • Yoʻnalish 1 va 2 asosiy koʻcha boʻlib, ularga toʻgʻridan-toʻgʻri oraliq yoʻllardan (koʻchalar va yoʻllar) qoʻshilishlari mumkin emas, bu mahalliy yoʻl(karmashka)lar orqali taʼminlanadi. Mahalliy yoʻl(karmashka)lardan asosiy koʻchaga qoʻshilishni istagan transport vositalari mahalliy yoʻl (qarmashka)da joylashgan 5-yoʻl chetiga borib, yoʻl chiroqlari (svetofor)ning yashil chirogʻi yonishini kutib, soʻngra asosiy yoʻlga qoʻshilishlari kerak boʻladi. 5-yoʻl cheti borligi sabab, mahalliy yoʻl(karmashka)ning ikkita chizigʻida xech qanday toʻsiq boʻlmaydi.
    • Yoʻnalish 2, 3 yoki 4 ga qaytish uchun asosiy koʻcha boʻylab, yoʻnalish 2 orqali harakatlanib kelayotgan transport vositalari asosiy koʻchadan alohida tartibga solinadigan mahalliy yoʻl(karmashka)ga kirishlari kerak, shundan soʻng, ular kerakli yoʻnalish boʻylab harakat qilishlari mumkin.
    • Yoʻnalish 4 boʻylab harakatlanayotgan transport vositalari toʻgʻridan-toʻgʻri asosiy yoʻlga qoʻshila olmaydilar, shuning uchun ular mahalliy yoʻl(karmashka)ga erkin aylanishlari kerak boʻladi. Mahalliy yoʻl(karmashka)ga borganingizda, transport vositalari asosiy yoʻldan harakatlanayotgan oqim bilan kesishmaydi.

    4. Fargʻona yoʻli – Jarqoʻrgʻon koʻchalari kesishmasi

    Fargʻona yoʻli – Jarqoʻrgʻon koʻchalari kesishmasi
    • Ushbu kesishmada asosiy koʻcha boʻylab yoʻnalish 1 dan harakatlanayotgan transport oqimi toʻxtamaydi va harakatning uzluksizligini saqlaydi. Kesishma mahalliy yoʻl(karmashka)da svetofor bilan tartibga solinadi. Asosiy koʻcha boʻylab yoʻnalish 1 dan harakatlanayotgan transport vositalari harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirishi uchun mahalliy yoʻl 5 ga oʻtishlari, yoʻl chirogʻi (svetofor)ning yashil signalini kutishlari va undan soʻng, yon yoʻl boʻylab kerakli yoʻnalishda harakat qilishlari kerak boʻladi.
    • Asosiy yoʻlni kesib oʻtishni istagan transport vositalari yoʻnalish 6 boʻylab asosiy oqimga erkin qoʻshilishlari mumkin. Ushbu qoʻshilishni osonroq bajarish uchun mazkur qismdagi yoʻl kengaytirildi va oqimga nazorat ostida qoʻshilishi mumkin boʻlgan mahalliy yoʻl ochildi.
    • Yoʻnalish 3 boʻylab asosiy oqimdan chiqib ketish yoki yoʻnalish 4 boʻylab asosiy oqimga qoʻshilishni istagan haydovchilar asosiy yoʻlni kesib oʻtmaydigan, kengaytirilgan mahalliy yoʻl(karmashka)lar bilan yoʻlga qoʻshilishlari lozim.

    5. Tolimarjon – Fargʻona yoʻli – Sayhun koʻchalari kesishmasi

    Tolimarjon – Fargʻona yoʻli – Sayhun koʻchalari kesishmasi
    • Ushbu kesishma uch tomonlama hisoblanadi
    • Transport vositalari ushbu koʻcha boʻylab qayrilish yoki harakatni davom ettirishi uchun alohida mahalliy yoʻl(karmashka)lardan foydalanadi, bu esa chorrahada paydo boʻladigan tirbandliklarni bartaraf etadi.
    • Yoʻnalish 1 boʻylab harakatlanayotgan transport vositalari chorrahaga kirmasdan qayrilishni amalga oshirishlari mumkin, buning uchun asosiy yoʻl bilan toʻqnashuvlarning oldini olish uchun yonma-yon mahalliy yoʻl(karmashka)lar ochilgan.
    • 1-koʻcha boʻylab harakatlanayotgan transport vositalari oʻngga qayrilishlari uchun yoʻnalish 4 yoki 5 ga qoʻshilishlari kerak boʻladi va ular bir-biriga halaqit bermagan holda kerakli yoʻnalishda harakat qilishlari mumkin.
    • 3-koʻcha boʻylab harakatlanayotgan transport vositalari yoʻnalish 6 va 8 ga oʻtishlari uchun mahalliy yoʻl 2 (karmashka) ga oʻtishi va svetofor yashil chirogʻini kutishlari, shundan soʻng harakatni davom ettirishlari kerak boʻladi.
    • Yoʻnalish 7 boʻylab harakatlanuvchi transport vositalari, yoʻnalish 6 boʻylab erkin ravishda qayrilishi imkoniyati yaratilganligi sababli, chorrahada xech qanday tirbandliklar boʻlmaydi.

    “Toshashahartransxizmat” AJ Axborot xizmati