Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov telegramdagi sahifasida maʼlum qilishicha, Ushbu yoʻnalishda barcha reytinglarda oxirgi yillarda Oʻzbekistonning oʻrni ijobiy tomonga oʻzgaryapti va avval umuman mamlakatimiz roʻyxatda boʻlmagan qator reytinglarda ham paydo boʻlishni boshladi.
“Barcha sohamizga tegishli ushbu reytinglarda Oʻzbekiston jon boshiga daromadi deyarli bir xil boʻlgan aksariyat davlatlardan yuqori joylashganligi ham xalqaro ekspertlar tomonidan ijobiy baholanmoqda. Jumladan, bugun Oksford Universitetida eʼlon qilingan Tarmoq tayyorgarligi indeksida ham shu masalaga alohida eʼtibor qaratilgan.
Shu bilan birgalikda bu kabi xalqaro reytinglar tahlili jamoamiz qaysi yoʻnalishlarda yanada koʻproq harakat qilishi kerakligini koʻrsatib beradi va kelgusi rejalarimizni toʻgʻri shakllantirishga yordam beradi”, deyiladi xabarda.









