Axsikentda Qoraxoniylar davriga mansub turar-joy inshootlari topildi

    Ular oʻziga xos qurilish uslubiga ega boʻlib, asosan sinchli uylar xom va pishiq gʻishtlar bilan qurilgan.

    — Aholi turar joylarida oshxona, yuvinish xonasi, isitish sandallari, supalari va maxsus xoʻjalik oʻralari mavjud boʻlgan. Aholi zich yashaganligi uchun shaharda ikki qavatli uylar qurilgan. Uylarning yertoʻla qismi asosan pishiq gʻishtdan qurilgan va oziq ovqat omborlari vazifasini oʻtagan. Shuningdek aloxida yer osti inshootlari ham qurilgan. Aholi turar joylari qoldiqlaridan devoriy surat namunalari va oʻyma ganchli naqshlar ham topilgan. Demak 11-12 asrlarda Axsikent axoli turar joylari devoriy suratlar bilan bezatilgan, - deydi Axsikent arxeologiya parki ilmiy xodimi, arxeolog-olim Shukrullo Nasriddinov.

    Shuningdek, topilgan oʻnga yaqin sirli sopol idishlarda yozuvlar borligi aniqlandi. Ular naqshga oʻxshatib yozilgan hikmatli soʻzlar boʻlib, “FIKR AYTISHGA SHOSHILMA”, “BAXT BOYLIKDA EMAS”, “MEHNAT INSONNI ULUGʻLAYDI” iboralari ifodalangan.