Axsikentdan Qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar, tangalar va Damashq qilichlari topildi

    Mamlakatimizda 4 Fevral 2023 1041

    Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida, Sirdaryoning oʻng sohilida joylashgan Axsikent yodgorligidan Damashq qilichlari, Shaxristonning oltin darvozasi, tangalar va Qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar topildi.

    Namangan viloyati hokimligining maʼlum qilishicha, bu boʻyicha “National Geographic” turkum koʻrsatuvlar suratga oladi.

    “Buyumlar muzeyga topshirilgan. Devoriy suratlar va ganchkorlik buyumlari esa restavratorlar guruhi tomonidan taʼmirlanmoqda”, — deyiladi xabarda.

    Arxeologlar tomonidan yodgorlik hududida tadqiqot ishlari davom ettirilmoqda.