Tadbirda fuqaro F.T. taqiqlangan ov quroli «Leska»dan tayyorlangan toʻrlardan foydalanib, tabiiy hududdan 107 bosh «Oqsla», 22 bosh “Zogʻora” 20 bosh “Tovonbaliq”, “Oq amur” va «Vobla» kabi baliqlarini ovlaganligi natijasida hayvonot dunyosiga 31,2 mln soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi (hayvonot yoki oʻsimlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.