Qayd etilishicha, reydlar davomida 94 ta qoidabuzarlik qayd etilgan. Jami jarimalar miqdori 423 million soʻmni, tabiatga yetkazilgan zarar esa 28 million 136 ming soʻmni tashkil etdi.
Shuningdek, 26—28-fevral kunlari Aydar-Arnasoy koʻllari hududida suvda qolib ketgan noqonuniy baliq ovlash toʻrlarini bartaraf etish boʻyicha reyd oʻtkazildi. Natijada Navoiy viloyatidagi Aydarkoʻldan har biri 100 metr uzunlikdagi 100 dona, Tuzkon koʻlidan har biri 100 metr uzunlikdagi 70-80 dona, Arnasoy koʻlidan esa har biri 100 metr uzunlikdagi 50-60 dona toʻr olib tashlandi.
Koʻl hududida nazorat tadbirlari davom etmoqda, — deyiladi xabarda.