Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyish, aksiz markasiz yoxud boshqa davlatlarning aksiz yorligʻiga ega boʻlgan tamaki mahsulotlarining olib kirilishini oldini olish bojxona organlari zimmasiga yuklangan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin choralar koʻrilmoqda. Shunga qaramay bunday holatlar hali hamon uchrab turibdi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan, va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qism xodimlari bilan hamkorlikda, “Ketti” laqabli xizmat iti yordamida, Toshkent viloyati, Bekobod tumani hududida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida, Toshkent viloyati, Bekobod tumani, Oʻzbekistonning Tojikiston bilan chegaradosh hududida Tojikistondan Oʻzbekistonga nomaʼlum shaxslar tomonidan aylanma yoʻllar orqali olib kirilgan tamaki mahsulotlarini fuqaro B.A. va fuqaro X.T.lar tomonidan tashib ketilayotgan 6 dona hoʻjalik qoplari toʻxtatib qolinib, koʻzdan kechirilganida umumiy qiymati 225 000 000 soʻmlik, 9 000 quti “ESSE CHANGE” va “ESSE Special Gold” nomli Oʻzbekiston Respublikasi aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi