Аyni kunlarda yuqori magnitudali zilzila kuzatilishi xavfi mavjud emasligi aytildi

    30-mart kuniga qadar dunyoda 7 va undan yuqori magnitudali zilzila kuzatilishi xavfi mavjud emas. Bu haqda O‘zgidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatov maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, astronomik sabablar bilan zilzila xavfi prognozlarini ishlab chiqishda mashhur niderland seysmologi Hugerbits oʻz jamoasi bilan 25-26-mart kunlari Eron, Afgʻoniston, Tojikiston va Hindiston shimoli Himolay togʻ tizmalarida 4-5 magnitudali zilzila boʻlishini prognoz qilgan.

    Mazkur magnitudali zilzilalar asosan doimiy seysmik faol togʻli hududlarda kuzatilishi mumkin va ular kuchli zilzila turiga kirmaydi.

    Bugun Afgʻoniston va Tojikistonda 4 va undan biroz yuqori magnitudali kuchsiz zilzilalar kuzatildi.