Ayol biznes hamkorining 50 ming AQSH dollarini oʻzlashtirdi

    Toshkent shahrida ayol 50 ming AQSH dollarini noqonuniy tarzda oʻzlashtirdi. Bu haqda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, Toshkent shahrida yashovchi ayol E.N. ariza bilan murojaat qilib, oʻzining bank kartasidagi 50.000 AQSH dollari nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.

    Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi ayol T.M. sodir etganligi aniqlandi.

    Unga koʻra, T.M., jabrlanuvchi E.N. bilan Telegram messenjeridagi guruhlarning birida tanishib, biznes hamkorlikni taklif qilgan va uni ishontirib, aldov yoʻli bilan 50.000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablagʻlarini oʻtkazib olgan va pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

    Mazkur holat yuzasidan M.I.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.